حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَاحِدِ، حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، عَنْ أَبِي الضُّحَى، مُسْلِمٍ ـ هُوَ ابْنُ صُبَيْحٍ ـ عَنْ مَسْرُوقٍ، قَالَ حَدَّثَنِي الْمُغِيرَةُ بْنُ شُعْبَةَ، قَالَ انْطَلَقَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لِحَاجَتِهِ ثُمَّ أَقْبَلَ، فَلَقِيتُهُ بِمَاءٍ، وَعَلَيْهِ جُبَّةٌ شَأْمِيَّةٌ، فَمَضْمَضَ وَاسْتَنْشَقَ وَغَسَلَ وَجْهَهُ، فَذَهَبَ يُخْرِجُ يَدَيْهِ مِنْ كُمَّيْهِ فَكَانَا ضَيِّقَيْنِ، فَأَخْرَجَهُمَا مِنْ تَحْتُ، فَغَسَلَهُمَا وَمَسَحَ بِرَأْسِهِ وَعَلَى خُفَّيْهِ.
Mugʻira ibn Shuʼba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ hojat chiqarish (tahorat sindirish) uchun (tashqariga) chiqdi va qaytganida, men u zotga biroz suv keltirdim. U zot — Shomiy jubba (chopon) kiygan holda — tahorat qildi. U zot ogʻzini chaydi, burnini (suv tortib, soʻng puflab) yuvdi va yuzini yuvdi. Soʻng u zot qoʻllarini yeng(lar)idan chiqarmoqchi boʻldi, lekin ular tor edi; shuning uchun u zot ularni (jubbaning) ostidan chiqarib, yuvdi va boshini mash qilib, maʼsilarini (xufaynlarini) mash qildi.