حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْلَمَةَ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ حُمَيْدٍ، عَنْ أَنَسٍ ـ رضى الله عنه أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم خَرَجَ إِلَى خَيْبَرَ فَجَاءَهَا لَيْلاً، وَكَانَ إِذَا جَاءَ قَوْمًا بِلَيْلٍ لاَ يُغِيرُ عَلَيْهِمْ حَتَّى يُصْبِحَ، فَلَمَّا أَصْبَحَ، خَرَجَتْ يَهُودُ بِمَسَاحِيهِمْ وَمَكَاتِلِهِمْ، فَلَمَّا رَأَوْهُ قَالُوا مُحَمَّدٌ وَاللَّهِ، مُحَمَّدٌ وَالْخَمِيسُ. فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " اللَّهُ أَكْبَرُ، خَرِبَتْ خَيْبَرُ، إِنَّا إِذَا نَزَلْنَا بِسَاحَةِ قَوْمٍ فَسَاءَ صَبَاحُ الْمُنْذَرِينَ ".
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ Xaybar tomon yoʻlga chiqdi va u yerga kechasi yetib bordi. U zot biror xalqqa kechasi yetib borsa, to tong otmaguncha hujum qilmas edi. Bas, tong otganda, yahudiylar xaltalari va belkuraklari bilan (tashqariga) chiqdi. Ular Paygʻambar ﷺ ni koʻrgach: «Muhammad va uning qoʻshini!» — dedi. Paygʻambar ﷺ: «Allohu akbar! Xaybar vayron boʻldi — chunki biz biror xalqqa (jangga) yaqinlashsak, ogohlantirilganlar uchun (oʻsha) yomon (mashʼum) tong boʻladi», — dedi.