حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا جُوَيْرِيَةُ، عَنْ نَافِعٍ، قَالَ قَالَ ابْنُ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ رَجَعْنَا مِنَ الْعَامِ الْمُقْبِلِ فَمَا اجْتَمَعَ مِنَّا اثْنَانِ عَلَى الشَّجَرَةِ الَّتِي بَايَعْنَا تَحْتَهَا، كَانَتْ رَحْمَةً مِنَ اللَّهِ. فَسَأَلْتُ نَافِعًا عَلَى أَىِّ شَىْءٍ بَايَعَهُمْ عَلَى الْمَوْتِ قَالَ لاَ، بَايَعَهُمْ عَلَى الصَّبْرِ.
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Biz (Hudaybiya sulhidan) keyingi yili (Hudaybiyaga) yetib kelganimizda, oramizdan hatto ikki kishi (ham) — biz qaysi daraxt ostida bayʼat berganimiz haqida — bir xil (fikrga) kelmadi; bu — Allohning rahmati (sababidan) edi. (Rivoyatchi Nofiʼdan: «Paygʻambar ﷺ ulardan nimaga bayʼat oldi — oʻlimgami?» — deb soʻradi. Nofiʼ: «Yoʻq, balki u zot ulardan sabrga bayʼat oldi», — deb javob berdi).