حَدَّثَنَا أَبُو الْيَمَانِ، أَخْبَرَنَا شُعَيْبٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، قَالَ أَخْبَرَنِي عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، أَنَّ ابْنَ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ أَخْبَرَهُ أَنَّ أَبَا سُفْيَانَ أَخْبَرَهُ أَنَّ هِرَقْلَ أَرْسَلَ إِلَيْهِ وَهُمْ بِإِيلِيَاءَ، ثُمَّ دَعَا بِكِتَابِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم، فَلَمَّا فَرَغَ مِنْ قِرَاءَةِ الْكِتَابِ كَثُرَ عِنْدَهُ الصَّخَبُ، فَارْتَفَعَتِ الأَصْوَاتُ، وَأُخْرِجْنَا، فَقُلْتُ لأَصْحَابِي حِينَ أُخْرِجْنَا لَقَدْ أَمِرَ أَمْرُ ابْنِ أَبِي كَبْشَةَ، إِنَّهُ يَخَافُهُ مَلِكُ بَنِي الأَصْفَرِ.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Abu Sufyon: «Men Iliyoda (yaʼni Quddusda) ekanimda, Hiraql meni (chaqirib) yubordi. Soʻng u Allohning Rasuli ﷺ ning xatini soʻradi va u (xat) oʻqib boʻlinganda, uning atrofida katta shovqin-suron koʻtarildi, ovozlar balandlashdi va bizga (oʻsha) joyni tark etish (buyurildi). Biz chiqarib yuborilganimizda, men sheriklarimga: ‹Ibn Abu Kabsha (yaʼni Paygʻambar)ning ishi yaqqol (kuchayib) koʻrindi — chunki Bani Asfar (Rumliklar) podshohi (ham) undan qoʻrqyapti›, — dedim», — dedi.