حَدَّثَنَا صَدَقَةُ بْنُ الْفَضْلِ، أَخْبَرَنَا عَبْدَةُ، عَنْ هِشَامٍ، عَنْ وَهْبِ بْنِ كَيْسَانَ، عَنْ جَابِرٍ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ خَرَجْنَا وَنَحْنُ ثَلاَثُمِائَةٍ نَحْمِلُ زَادَنَا عَلَى رِقَابِنَا، فَفَنِيَ زَادُنَا، حَتَّى كَانَ الرَّجُلُ مِنَّا يَأْكُلُ فِي كُلِّ يَوْمٍ تَمْرَةً. قَالَ رَجُلٌ يَا أَبَا عَبْدِ اللَّهِ، وَأَيْنَ كَانَتِ التَّمْرَةُ تَقَعُ مِنَ الرَّجُلِ قَالَ لَقَدْ وَجَدْنَا فَقْدَهَا حِينَ فَقَدْنَاهَا، حَتَّى أَتَيْنَا الْبَحْرَ فَإِذَا حُوتٌ قَدْ قَذَفَهُ الْبَحْرُ، فَأَكَلْنَا مِنْهَا ثَمَانِيَةَ عَشَرَ يَوْمًا مَا أَحْبَبْنَا.
Vahb ibn Kayson (Jobir ibn Abdullohdan) rivoyat qiladi: Jobir ibn Abdulloh: «Biz yoʻlga chiqdik va biz — safar ozigʻimizni yelkalarimizda koʻtarib yurgan — uch yuz kishi edik. Soʻng biz har kuni bir kishiga bittadan xurmo yeya boshladik», — dedi. Bir kishi (Jobirdan): «Ey Abu Abdulloh! Bir kishi bitta xurmo bilan qanday toʻya oladi?» — deb soʻradi. Jobir: «Biz oʻsha bitta xurmoning qadrini — to dengiz sohiliga yetgunimizcha, hatto shunchasini ham topa olmaganimizda — angladik; oʻshanda biz birdan dengiz tashlab ketgan ulkan bir baliqni koʻrdik. Bas, biz undan — oʻn sakkiz kun davomida — xohlaganimizcha yedik», — deb javob berdi.