حَدَّثَنِي إِسْحَاقُ، أَخْبَرَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، أَخْبَرَنَا مَعْمَرٌ، عَنْ هَمَّامٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " كُلُّ سُلاَمَى مِنَ النَّاسِ عَلَيْهِ صَدَقَةٌ كُلَّ يَوْمٍ تَطْلُعُ فِيهِ الشَّمْسُ، يَعْدِلُ بَيْنَ الاِثْنَيْنِ صَدَقَةٌ، وَيُعِينُ الرَّجُلَ عَلَى دَابَّتِهِ، فَيَحْمِلُ عَلَيْهَا، أَوْ يَرْفَعُ عَلَيْهَا مَتَاعَهُ صَدَقَةٌ، وَالْكَلِمَةُ الطَّيِّبَةُ صَدَقَةٌ، وَكُلُّ خَطْوَةٍ يَخْطُوهَا إِلَى الصَّلاَةِ صَدَقَةٌ، وَيُمِيطُ الأَذَى عَنِ الطَّرِيقِ صَدَقَةٌ ".
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Quyosh chiqadigan har bir kunda — odamning har bir boʻgʻini (aʼzosi) uchun (Allohga shukrona belgisi sifatida) — (vojib) sadaqa bor. Ikki kishi orasida adolat bilan hukm qilish — sadaqa hisoblanadi; kishiga uning ulovi (bilan bogʻliq ishda) — uni minishiga yoki yukini unga ortishiga yordam berib — koʻmaklashish (ham) sadaqa hisoblanadi; yaxshi soʻz (aytish ham) sadaqa; (masjiddagi) vojib namozni oʻqish uchun tashlangan har bir qadam (ham) sadaqa; va yoʻldan zararli narsani olib tashlash (ham) sadaqa hisoblanadi», — dedi.