حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ أَبِي مَرْيَمَ، أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ، قَالَ أَخْبَرَنِي زَيْدٌ ـ هُوَ ابْنُ أَسْلَمَ ـ عَنْ أَبِيهِ، قَالَ كُنْتُ مَعَ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ بِطَرِيقِ مَكَّةَ، فَبَلَغَهُ عَنْ صَفِيَّةَ بِنْتِ أَبِي عُبَيْدٍ شِدَّةُ وَجَعٍ، فَأَسْرَعَ السَّيْرَ حَتَّى إِذَا كَانَ بَعْدَ غُرُوبِ الشَّفَقِ، ثُمَّ نَزَلَ فَصَلَّى الْمَغْرِبَ وَالْعَتَمَةَ، يَجْمَعُ بَيْنَهُمَا، وَقَالَ إِنِّي رَأَيْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم إِذَا جَدَّ بِهِ السَّيْرُ أَخَّرَ الْمَغْرِبَ وَجَمَعَ بَيْنَهُمَا.
Aslam (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Abdulloh ibn Umar bilan birga Makka yoʻlida ekanimda, unga — xotini Safiyya bint Abu Ubaydning ogʻir kasalligi haqida — xabar yetdi; bas, u tezroq (shoshilib) yurdi va shafaq (oqshom qizilligi) yoʻqolganda, (ulovdan) tushib, shom va xufton (namozlari)ni birga oʻqidi hamda: «Men Paygʻambar ﷺ ni — safarda shoshilinch boʻlganda — shom namozini xufton bilan birga oʻqish uchun kechiktirganini koʻrdim», — dedi.