حَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ، عَنْ إِسْرَائِيلَ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، قَالَ سَأَلَ رَجُلٌ الْبَرَاءَ ـ رضى الله عنه ـ فَقَالَ يَا أَبَا عُمَارَةَ، أَوَلَّيْتُمْ يَوْمَ حُنَيْنٍ قَالَ الْبَرَاءُ وَأَنَا أَسْمَعُ أَمَّا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لَمْ يُوَلِّ يَوْمَئِذٍ، كَانَ أَبُو سُفْيَانَ بْنُ الْحَارِثِ آخِذًا بِعِنَانِ بَغْلَتِهِ، فَلَمَّا غَشِيَهُ الْمُشْرِكُونَ نَزَلَ، فَجَعَلَ يَقُولُ أَنَا النَّبِيُّ لاَ كَذِبْ، أَنَا ابْنُ عَبْدِ الْمُطَّلِبْ قَالَ فَمَا رُئِيَ مِنَ النَّاسِ يَوْمَئِذٍ أَشَدُّ مِنْهُ.
Abu Ishoq (Baro ibn Ozibdan) rivoyat qiladi: Bir kishi Baro(dan): «Ey Abu Umora! Sizlar Hunayn kuni qochdingizmi?» — deb soʻradi. Baro — men eshitib turganimda — shunday javob berdi: «Allohning Rasuli ﷺ ga kelsak, u zot oʻsha kuni qochmadi. Abu Sufyon ibn Horis uning xachirining jilovini ushlab turardi va mushriklar unga hujum qilganda, u zot (xachirdan) tushib: ‹Men — Paygʻambarman, (bunda) yolgʻon yoʻq; men — Abdulmuttalibning oʻgʻliman›, — der edi. Oʻsha kuni Paygʻambar ﷺ dan koʻra botirroq hech kim koʻrilmadi».