حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ يُوسُفَ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ أَبِي وَائِلٍ، عَنْ حُذَيْفَةَ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " اكْتُبُوا لِي مَنْ تَلَفَّظَ بِالإِسْلاَمِ مِنَ النَّاسِ ". فَكَتَبْنَا لَهُ أَلْفًا وَخَمْسَمِائَةِ رَجُلٍ، فَقُلْنَا نَخَافُ وَنَحْنُ أَلْفٌ وَخَمْسُمِائَةٍ فَلَقَدْ رَأَيْتُنَا ابْتُلِينَا حَتَّى إِنَّ الرَّجُلَ لَيُصَلِّي وَحْدَهُ وَهْوَ خَائِفٌ. حَدَّثَنَا عَبْدَانُ، عَنْ أَبِي حَمْزَةَ، عَنِ الأَعْمَشِ، فَوَجَدْنَاهُمْ خَمْسَمِائَةٍ. قَالَ أَبُو مُعَاوِيَةَ مَا بَيْنَ سِتِّمِائَةٍ إِلَى سَبْعِمِائَةٍ.
Huzayfa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ (bizga): «Oʻzlarini musulmon deb eʼlon qilgan kishilarning ismlarini (roʻyxatga) yozinglar», — dedi. Bas, biz bir ming besh yuz kishini (roʻyxatga) yozdik. Soʻng biz: «Biz bir ming besh yuz (kishi) boʻla turib, (kofirlardan) qoʻrqamizmi?» — deb hayron boʻldik. Shubhasiz, biz oʻzimizning shunday ogʻir sinovlarga duch kelganimizni koʻrdikki, (oʻshanda) kishi qoʻrquv (xavf) tufayli namozni yolgʻiz oʻqishga (majbur boʻlardi). Aʼmash (rahimahulloh): «Biz (musulmonlarni roʻyxatga olib) ularni besh yuz (kishi) topdik», — dedi. Abu Muoviya esa: «Olti yuzdan yetti yuzgacha», — dedi.