حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْعَلاَءِ، حَدَّثَنَا ابْنُ الْمُبَارَكِ، عَنْ مَعْمَرٍ، عَنْ هَمَّامِ بْنِ مُنَبِّهٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " غَزَا نَبِيٌّ مِنَ الأَنْبِيَاءِ فَقَالَ لِقَوْمِهِ لاَ يَتْبَعْنِي رَجُلٌ مَلَكَ بُضْعَ امْرَأَةٍ وَهْوَ يُرِيدُ أَنْ يَبْنِيَ بِهَا وَلَمَّا يَبْنِ بِهَا، وَلاَ أَحَدٌ بَنَى بُيُوتًا وَلَمْ يَرْفَعْ سُقُوفَهَا، وَلاَ أَحَدٌ اشْتَرَى غَنَمًا أَوْ خَلِفَاتٍ وَهْوَ يَنْتَظِرُ وِلاَدَهَا. فَغَزَا فَدَنَا مِنَ الْقَرْيَةِ صَلاَةَ الْعَصْرِ أَوْ قَرِيبًا مِنْ ذَلِكَ فَقَالَ لِلشَّمْسِ إِنَّكِ مَأْمُورَةٌ وَأَنَا مَأْمُورٌ، اللَّهُمَّ احْبِسْهَا عَلَيْنَا. فَحُبِسَتْ، حَتَّى فَتَحَ اللَّهُ عَلَيْهِ، فَجَمَعَ الْغَنَائِمَ، فَجَاءَتْ ـ يَعْنِي النَّارَ ـ لِتَأْكُلَهَا، فَلَمْ تَطْعَمْهَا، فَقَالَ إِنَّ فِيكُمْ غُلُولاً، فَلْيُبَايِعْنِي مِنْ كُلِّ قَبِيلَةٍ رَجُلٌ. فَلَزِقَتْ يَدُ رَجُلٍ بِيَدِهِ فَقَالَ فِيكُمُ الْغُلُولُ. فَلْتُبَايِعْنِي قَبِيلَتُكَ، فَلَزِقَتْ يَدُ رَجُلَيْنِ أَوْ ثَلاَثَةٍ بِيَدِهِ فَقَالَ فِيكُمُ الْغُلُولُ، فَجَاءُوا بِرَأْسٍ مِثْلِ رَأْسِ بَقَرَةٍ مِنَ الذَّهَبِ فَوَضَعُوهَا، فَجَاءَتِ النَّارُ فَأَكَلَتْهَا، ثُمَّ أَحَلَّ اللَّهُ لَنَا الْغَنَائِمَ، رَأَى ضَعْفَنَا وَعَجْزَنَا فَأَحَلَّهَا لَنَا ".
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Paygʻambarlardan bir Paygʻambar muqaddas harbiy yurish (jihod) qildi va u oʻz izdoshlariga: ‹Bir ayolga uylangan va u bilan (hali) qovushmoqchi boʻlib, buni hali qilmagan kishi — men bilan birga bormasin; uy qurgan, lekin uning tomini bitkazmagan kishi (ham); qoʻylari yoki urgʻochi tuyalari boʻlib, ularning bolalashini kutayotgan kishi (ham bormasin)›, — dedi. Bas, paygʻambar yurishni amalga oshirdi va u asr namozi vaqtida (yoki unga yaqin paytda) oʻsha shaharga yetganda, quyoshga: ‹Ey quyosh! Sen Allohning amri ostidasan va men (ham) Allohning amri ostidaman. Allohim! Uni (yaʼni quyoshni) botishdan toʻxtat›, — dedi. Bas, u (quyosh) — Alloh uni gʻolib qilguncha — toʻxtatildi. Soʻng u oʻljani toʻpladi va olov — uni yondirish uchun — keldi, lekin uni yondirmadi. U (paygʻambar oʻz kishilariga): ‹Sizlardan baʼzilaringiz oʻljadan biror narsa oʻgʻirlagan. Bas, har qabiladan bir kishi — men bilan qoʻl berib koʻrishib — bayʼat bersin›, — dedi. (Ular shunday qildi va) bir kishining qoʻli ularning paygʻambari qoʻliga yopishib qoldi. Soʻng oʻsha paygʻambar (u kishiga): ‹Oʻgʻrilikni sening qavming qilgan. Bas, qabilangning barcha kishilari — men bilan qoʻl berib koʻrishib — bayʼat bersin›, — dedi. Ikki yoki uch kishining qoʻli ularning paygʻambari qoʻliga yopishib qoldi va u: ‹Oʻgʻrilikni sizlar qilgansiz›, — dedi. Soʻng ular — sigirning boshidek — bir oltin boshni keltirib, uni oʻsha yerga qoʻydi va olov kelib, oʻljani yeb (kuydirib) yubordi. Paygʻambar ﷺ qoʻshdi: ‹Soʻng Alloh bizning zaifligimiz va ojizligimizni koʻrdi, bas, U bizga oʻljani halol qildi›», — dedi.