حَدَّثَنَا مُوسَى، حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ مَوْهَبٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ قَالَ إِنَّمَا تَغَيَّبَ عُثْمَانُ عَنْ بَدْرٍ، فَإِنَّهُ كَانَتْ تَحْتَهُ بِنْتُ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَكَانَتْ مَرِيضَةً. فَقَالَ لَهُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " إِنَّ لَكَ أَجْرَ رَجُلٍ مِمَّنْ شَهِدَ بَدْرًا وَسَهْمَهُ ".
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Usmon Badr jangiga qoʻshilmadi — chunki u Allohning Rasuli ﷺ ning qizlaridan biriga uylangan edi va u (qiz) kasal edi. Bas, Paygʻambar ﷺ unga: «Sen — Badr jangida qatnashgan kishining savobi va ulushiga oʻxshash — savob va (oʻljadan) ulush olasan», — dedi.