حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، حَدَّثَنَا الزُّهْرِيُّ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ، قَالَ مَرَّ عُمَرُ فِي الْمَسْجِدِ وَحَسَّانُ يُنْشِدُ، فَقَالَ كُنْتُ أُنْشِدُ فِيهِ، وَفِيهِ مَنْ هُوَ خَيْرٌ مِنْكَ، ثُمَّ الْتَفَتَ إِلَى أَبِي هُرَيْرَةَ، فَقَالَ أَنْشُدُكَ بِاللَّهِ، أَسَمِعْتَ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " أَجِبْ عَنِّي، اللَّهُمَّ أَيِّدْهُ بِرُوحِ الْقُدُسِ ". قَالَ نَعَمْ.
Said ibn Musayyab (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Umar masjidga kelganda, Hassan sheʼr oʻqiyotgan edi (Umar buni yoqtirmadi). Shunda Hassan: «Men — sendan yaxshiroq boʻlgan zot (yaʼni Paygʻambar ﷺ) huzurida — xuddi shu masjidda sheʼr oʻqir edim», — dedi. Soʻng u Abu Hurayra tomon yuzlanib (unga): «Men sendan Alloh haqi (bilan) soʻrayman: sen Allohning Rasuli ﷺ ning (menga): ‹Mening nomimdan (ularga) javob ber. Allohim! Uni (yaʼni Hassanni) Muqaddas Ruh (Jabroil) bilan qoʻlla›, — deganini eshitganmisan?» — dedi. Abu Hurayra: «Ha», — dedi.