حَدَّثَنَا فَرْوَةُ، حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ مُسْهِرٍ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ ـ رضى الله عنها ـ أَنَّ الْحَارِثَ بْنَ هِشَامٍ، سَأَلَ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم كَيْفَ يَأْتِيكَ الْوَحْىُ قَالَ " كُلُّ ذَاكَ يَأْتِي الْمَلَكُ أَحْيَانًا فِي مِثْلِ صَلْصَلَةِ الْجَرَسِ، فَيَفْصِمُ عَنِّي وَقَدْ وَعَيْتُ مَا قَالَ، وَهْوَ أَشَدُّهُ عَلَىَّ، وَيَتَمَثَّلُ لِي الْمَلَكُ أَحْيَانًا رَجُلاً، فَيُكَلِّمُنِي فَأَعِي مَا يَقُولُ ".
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Horis ibn Hishom Paygʻambar ﷺ dan: «Sizga vahiy qanday keladi?» — deb soʻradi. U zot: «Hamma (quyidagi) tarzlarda (keladi): baʼzan farishta menga — qoʻngʻiroq jirangiga oʻxshash bir ovoz bilan — keladi; bu holat mendan ketganda, men farishta aytgan (narsa)ni eslab qolaman; vahiyning bu turi men uchun eng ogʻiridir. Baʼzan esa farishta menga bir kishi qiyofasida kelib, men bilan gaplashadi va men u aytgan (narsa)ni tushunib, eslab qolaman», — dedi.