حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مُحَمَّدٍ، حَدَّثَنَا هِشَامٌ، أَخْبَرَنَا مَعْمَرٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ، عَنْ عَائِشَةَ ـ رضى الله عنها ـ أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ لَهَا " يَا عَائِشَةُ، هَذَا جِبْرِيلُ يَقْرَأُ عَلَيْكِ السَّلاَمَ ". فَقَالَتْ وَعَلَيْهِ السَّلاَمُ وَرَحْمَةُ اللَّهِ وَبَرَكَاتُهُ. تَرَى مَا لاَ أَرَى. تُرِيدُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم.
Abu Salama (Oishadan) rivoyat qiladi: Oisha (shuni) aytdiki, Paygʻambar ﷺ unga: «Ey Oisha! Bu — Jabroil va u senga salom yoʻllayapti», — dedi. Oisha: «Unga (ham) salom boʻlsin va Allohning rahmati hamda barakotlari boʻlsin», — dedi va Paygʻambar ﷺ ga (yuzlanib): «Siz men koʻrmaydigan (narsa)ni koʻryapsiz», — dedi.