حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، قَالَ حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ سُمَىٍّ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِذَا قَالَ الإِمَامُ سَمِعَ اللَّهُ لِمَنْ حَمِدَهُ. فَقُولُوا اللَّهُمَّ رَبَّنَا لَكَ الْحَمْدُ، فَإِنَّهُ مَنْ وَافَقَ قَوْلُهُ قَوْلَ الْمَلاَئِكَةِ، غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ ".
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Imom namozda: ‹Samiallohu liman hamidah (Alloh Oʻziga hamd aytgan kishini eshitadi)›, — deganda, sizlar: ‹Allohumma Robbano lakal hamd (Allohim! Ey Robbimiz! Barcha hamdlar Senga xos)›, — denglar; chunki agar sizlardan birining aytishi farishtalarning aytishi bilan (bir vaqtga) toʻgʻri kelsa, uning oʻtgan gunohlari magʻfirat qilinadi», — dedi.