حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ، حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، حَدَّثَنَا أَبُو إِسْحَاقَ الشَّيْبَانِيُّ، قَالَ سَأَلْتُ زِرَّ بْنَ حُبَيْشٍ عَنْ قَوْلِ اللَّهِ، تَعَالَى
﴿ فَكَانَ قَابَ قَوْسَيْنِ أَوْ أَدْنَى * فَأَوْحَى إِلَى عَبْدِهِ مَا أَوْحَى ﴾. قَالَ حَدَّثَنَا ابْنُ مَسْعُودٍ أَنَّهُ رَأَى جِبْرِيلَ لَهُ سِتُّمِائَةِ جَنَاحٍ.Abu Ishoq ash-Shayboniy (Zirr ibn Hubaysh orqali) rivoyat qiladi: Men Zirr ibn Hubayshdan Allohning: ‹Va (u — Jabroil bilan) ikki yoy (oraligʻi) qadar yoki undan (ham) yaqinroq (masofada) edi. Bas, (Alloh) Oʻz bandasiga (Jabroilga) vahiyni yetkazdi va u (Jabroil uni Muhammadga) yetkazdi› (Najm, 9-10) degan soʻzi haqida soʻradim. Shunda Zirr: «Ibn Masʼud bizga xabar berdiki, Paygʻambar ﷺ Jabroilni — olti yuz qanoti bor (holatda) — koʻrgan», — dedi.