حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ يُونُسَ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ بْنُ سَعْدٍ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِذَا مَاتَ أَحَدُكُمْ فَإِنَّهُ يُعْرَضُ عَلَيْهِ مَقْعَدُهُ بِالْغَدَاةِ وَالْعَشِيِّ، فَإِنْ كَانَ مِنْ أَهْلِ الْجَنَّةِ فَمِنْ أَهْلِ الْجَنَّةِ، وَإِنْ كَانَ مِنْ أَهْلِ النَّارِ فَمِنْ أَهْلِ النَّارِ ".
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Sizlardan biringiz vafot etganda, unga — ham ertalab, ham kechqurun — oʻzining (oxiratdagi) joyi koʻrsatiladi: agar u jannat ahlidan boʻlsa, unga jannatdagi joyi koʻrsatiladi; agar u doʻzax ahlidan boʻlsa, unga doʻzaxdagi joyi koʻrsatiladi», — dedi.