وَقَالَ عُثْمَانُ بْنُ الْهَيْثَمِ حَدَّثَنَا عَوْفٌ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ سِيرِينَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ وَكَّلَنِي رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِحِفْظِ زَكَاةِ رَمَضَانَ، فَأَتَانِي آتٍ، فَجَعَلَ يَحْثُو مِنَ الطَّعَامِ، فَأَخَذْتُهُ فَقُلْتُ لأَرْفَعَنَّكَ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم. فَذَكَرَ الْحَدِيثَ فَقَالَ إِذَا أَوَيْتَ إِلَى فِرَاشِكَ فَاقْرَأْ آيَةَ الْكُرْسِيِّ لَنْ يَزَالَ عَلَيْكَ مِنَ اللَّهِ حَافِظٌ، وَلاَ يَقْرَبُكَ شَيْطَانٌ حَتَّى تُصْبِحَ. فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " صَدَقَكَ وَهْوَ كَذُوبٌ، ذَاكَ شَيْطَانٌ ".
Muhammad ibn Sirin (Abu Hurayradan) rivoyat qiladi: Abu Hurayra: «Allohning Rasuli ﷺ meni Ramazon zakoti (yaʼni fitr sadaqasi)ni (saqlash)ga masʼul qilib qoʻydi. Bir kishi mening oldimga kelib, (zakot) ozigʻidan biroz — ikki qoʻllab — hovuchlay boshladi. Men uni ushlab, uni Allohning Rasuli ﷺ ga olib borishimni aytdim», — dedi. Soʻng Abu Hurayra butun voqeani aytib, qoʻshdi: «U (oʻgʻri): ‹Qachon toʻshagingga (yotgani) borsang, «Oyatul Kursi» (Baqara, 255)ni oʻqi — shunda Alloh tomonidan bir qoʻriqlovchi seni qoʻriqlaydi va — to tonggacha — shayton senga yaqinlashmaydi›, — dedi». Shunda Paygʻambar ﷺ: «U — yolgʻonchi boʻlsa-da, senga rost gapirdi; va u (oʻgʻrining) oʻzi — bir shayton edi», — dedi.