حَدَّثَنَا زَكَرِيَّاءُ بْنُ يَحْيَى، حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ، قَالَ هِشَامٌ أَخْبَرَنَا عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، رضى الله عنها قَالَتْ لَمَّا كَانَ يَوْمَ أُحُدٍ هُزِمَ الْمُشْرِكُونَ فَصَاحَ إِبْلِيسُ أَىْ عِبَادَ اللَّهِ أُخْرَاكُمْ. فَرَجَعَتْ أُولاَهُمْ فَاجْتَلَدَتْ هِيَ وَأُخْرَاهُمْ، فَنَظَرَ حُذَيْفَةُ فَإِذَا هُوَ بِأَبِيهِ الْيَمَانِ فَقَالَ أَىْ عِبَادَ اللَّهِ أَبِي أَبِي. فَوَاللَّهِ مَا احْتَجَزُوا حَتَّى قَتَلُوهُ، فَقَالَ حُذَيْفَةُ غَفَرَ اللَّهُ لَكُمْ. قَالَ عُرْوَةُ فَمَا زَالَتْ فِي حُذَيْفَةَ مِنْهُ بَقِيَّةُ خَيْرٍ حَتَّى لَحِقَ بِاللَّهِ.
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Uhud (jangi) kunida, mushriklar magʻlub etilganda, shayton: «Ey Allohning bandalari! Orqangizdagi (dushman) kuchlardan ehtiyot boʻlinglar!» — deb baqirdi va shu (sabab) old saflardagi musulmonlar (ularni mushrik deb oʻylab) orqa saflardagi musulmonlar bilan jang qildi. Huzayfa — otasi ‹Yaman›ning (musulmonlar tomonidan hujumga uchrayotganini koʻrish uchun) orqasiga qaradi. U: «Ey Allohning bandalari! Otam! Otam!» — deb baqirdi. Allohga qasamki, ular — to uni oʻldirguncha — toʻxtamadi. Huzayfa: «Alloh sizlarni magʻfirat qilsin», — dedi (Urva: «Huzayfa — to Allohga uchraguncha (yaʼni vafot etguncha) — (otasining qotilini magʻfirat qilishni Allohdan soʻrab) yaxshilik qilishda davom etdi», — dedi).