حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ أَبِي رَجَاءٍ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ، قَالَ سَمِعْتُ هِشَامَ بْنَ عُرْوَةَ، قَالَ أَخْبَرَنِي أَبِي، عَنْ عَائِشَةَ،. أَنَّ فَاطِمَةَ بِنْتَ أَبِي حُبَيْشٍ، سَأَلَتِ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَتْ إِنِّي أُسْتَحَاضُ فَلاَ أَطْهُرُ، أَفَأَدَعُ الصَّلاَةَ فَقَالَ " لاَ، إِنَّ ذَلِكِ عِرْقٌ، وَلَكِنْ دَعِي الصَّلاَةَ قَدْرَ الأَيَّامِ الَّتِي كُنْتِ تَحِيضِينَ فِيهَا، ثُمَّ اغْتَسِلِي وَصَلِّي ".
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Fotima binti Abu Hubaysh Paygʻambar ﷺ dan: «Mende (hayzlar orasida) toʻxtamaydigan qon ketish bor, men poklanmayapman. Namozni tark etayinmi?» — deb soʻradi. U zot: «Yoʻq, bu — bir tomirdan. Faqat odatda hayz koʻradigan kunlaringdagina namozni tark et, soʻng gusl qilib, namoz oʻqi», — dedilar.