حَدَّثَنَا أَبُو النُّعْمَانِ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، عَنْ عُبَيْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي بَكْرِ بْنِ أَنَسٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ ـ رضى الله عنه ـ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِنَّ اللَّهَ وَكَّلَ فِي الرَّحِمِ مَلَكًا فَيَقُولُ يَا رَبِّ نُطْفَةٌ، يَا رَبِّ عَلَقَةٌ، يَا رَبِّ مُضْغَةٌ، فَإِذَا أَرَادَ أَنْ يَخْلُقَهَا قَالَ يَا رَبِّ، أَذَكَرٌ أَمْ يَا رَبِّ أُنْثَى يَا رَبِّ شَقِيٌّ أَمْ سَعِيدٌ فَمَا الرِّزْقُ فَمَا الأَجَلُ فَيُكْتَبُ كَذَلِكَ فِي بَطْنِ أُمِّهِ ".
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Alloh bachadonda bir farishta tayinlagan va u farishta: ‹Yo Robbim! (Bu) — bir tomchi (maniy); yo Robbim! (Bu) — laxta qon; yo Robbim! (Bu) — bir parcha goʻsht›, — deydi. Soʻng, agar Alloh bolaning yaratilishini tugatishni xohlasa, farishta: ‹Yo Robbim! Oʻgʻilmi yoki qizmi? Yo Robbim! Badbaxtmi yoki baxtlimi (dinda)? Uning rizqi qancha boʻladi? Uning umri qancha boʻladi?› — deydi. Farishta bularning hammasini — bola onasining bachadonida ekanida — yozadi», — dedi.