حَدَّثَنَا عُمَرُ بْنُ حَفْصِ بْنِ غِيَاثٍ، حَدَّثَنَا أَبِي، حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، قَالَ حَدَّثَنِي إِبْرَاهِيمُ، عَنْ عَلْقَمَةَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ لَمَّا نَزَلَتِ
﴿ الَّذِينَ آمَنُوا وَلَمْ يَلْبِسُوا إِيمَانَهُمْ بِظُلْمٍ ﴾ قُلْنَا يَا رَسُولَ اللَّهِ أَيُّنَا لاَ يَظْلِمُ نَفْسَهُ قَالَ " لَيْسَ كَمَا تَقُولُونَ ﴿ لَمْ يَلْبِسُوا إِيمَانَهُمْ بِظُلْمٍ ﴾ بِشِرْكٍ، أَوَلَمْ تَسْمَعُوا إِلَى قَوْلِ لُقْمَانَ لاِبْنِهِ ﴿ يَا بُنَىَّ لاَ تُشْرِكْ بِاللَّهِ إِنَّ الشِّرْكَ لَظُلْمٌ عَظِيمٌ ﴾".Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: ‹Iymon keltirgan va oʻz iymonini zulm (yaʼni shirk) bilan aralashtirmagan kishilar...› (Anʼom, 83) degan oyat nozil boʻlganda, biz: «Yo Rasululloh! Bizning oramizda oʻziga zulm qilmagan kim bor?» — dedik. U zot: «(Bu) — sizlar oʻylagandek emas; chunki oyatdagi ‹zulm› va ‹oʻz iymonini zulm bilan aralashtirmagan› (degan) — ‹shirk› (yaʼni Allohga sherik qoʻshish)ni anglatadi. Sizlar Luqmonning oʻgʻliga aytgan (gapini) eshitmaganmisizlar: ‹Ey oʻgʻilcham! Allohga sherik qoʻshma — albatta, shirk — katta zulmdir› (Luqmon, 13)?» — dedi.