حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَاحِدِ، حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ التَّيْمِيُّ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ سَمِعْتُ أَبَا ذَرٍّ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ، أَىُّ مَسْجِدٍ وُضِعَ فِي الأَرْضِ أَوَّلُ قَالَ " الْمَسْجِدُ الْحَرَامُ ". قَالَ قُلْتُ ثُمَّ أَىٌّ قَالَ " الْمَسْجِدُ الأَقْصَى ". قُلْتُ كَمْ كَانَ بَيْنَهُمَا قَالَ " أَرْبَعُونَ سَنَةً، ثُمَّ أَيْنَمَا أَدْرَكَتْكَ الصَّلاَةُ بَعْدُ فَصَلِّهْ، فَإِنَّ الْفَضْلَ فِيهِ ".
Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men: «Yo Rasululloh! Yer yuzida birinchi boʻlib qaysi masjid qurilgan?» — dedim. U zot: «Masjidul Harom (Makkada)», — dedi. Men: «Undan keyin qaysi (masjid) qurilgan?» — dedim. U zot: «Masjidul Aqso (Quddusda)», — deb javob berdi. Men: «Ikkisining (qurilishi) orasidagi davr qancha (edi)?» — dedim. U zot: «Qirq yil», — dedi. U zot qoʻshdi: «Qaerda (boʻlsang ham,) namoz vaqti boʻlsa, oʻsha yerda namoz oʻqi — chunki eng yaxshisi shu (yaʼni namozni vaqtida oʻqish)», — dedi.