حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ الْمُنْذِرِ، حَدَّثَنَا أَنَسُ بْنُ عِيَاضٍ، عَنْ عُبَيْدِ اللَّهِ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ أَخْبَرَهُ أَنَّ النَّاسَ نَزَلُوا مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَرْضَ ثَمُودَ الْحِجْرَ، فَاسْتَقَوْا مِنْ بِئْرِهَا، وَاعْتَجَنُوا بِهِ، فَأَمَرَهُمْ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَنْ يُهَرِيقُوا مَا اسْتَقَوْا مِنْ بِئْرِهَا، وَأَنْ يَعْلِفُوا الإِبِلَ الْعَجِينَ، وَأَمَرَهُمْ أَنْ يَسْتَقُوا مِنَ الْبِئْرِ الَّتِي كَانَ تَرِدُهَا النَّاقَةُ. تَابَعَهُ أُسَامَةُ عَنْ نَافِعٍ.
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Odamlar Allohning Rasuli ﷺ bilan birga Samud (qavmi)ning Hijr deb atalgan yeriga tushdi va uning qudugʻidan — ichish hamda xamir qorish uchun — suv oldi. (Allohning Rasuli ﷺ buni eshitganda,) u zot ularga — qudugʻlardan olgan suvni toʻkib tashlashni va xamirni tuyalarga yedirishni — buyurdi hamda ularga — (Paygʻambar Solihning) urgʻochi tuyasi suv ichadigan qudugʻdan suv olishni — buyurdi.