حَدَّثَنَا بَدَلُ بْنُ الْمُحَبَّرِ، أَخْبَرَنَا شُعْبَةُ، عَنْ سَعْدِ بْنِ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ سَمِعْتُ عُرْوَةَ بْنَ الزُّبَيْرِ، عَنْ عَائِشَةَ ـ رضى الله عنها ـ أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ لَهَا " مُرِي أَبَا بَكْرٍ يُصَلِّي بِالنَّاسِ ". قَالَتْ إِنَّهُ رَجُلٌ أَسِيفٌ، مَتَى يَقُمْ مَقَامَكَ رَقَّ. فَعَادَ فَعَادَتْ، قَالَ شُعْبَةُ فَقَالَ فِي الثَّالِثَةِ أَوِ الرَّابِعَةِ " إِنَّكُنَّ صَوَاحِبُ يُوسُفَ، مُرُوا أَبَا بَكْرٍ ".
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ (unga): «Abu Bakrga — odamlarga namozda imom boʻlishni — buyur», — dedi. U: «Abu Bakr — yumshoq koʻngilli kishi; u sizning joyingizda (imom boʻlib) turganda, yigʻlab yuboradi (shu sabab namozda imom boʻla olmaydi)», — deb javob berdi. Paygʻambar ﷺ xuddi shu buyruqni takrorladi va u xuddi shu javobni berdi. Rivoyatchi Shuʼba aytadiki, Paygʻambar ﷺ uchinchi yoki toʻrtinchi marta: «Sizlar — Yusufning (atrofidagi) ayollarisiz (yaʼni zohirda boshqa, ichingizda boshqa). Abu Bakrga namozda imom boʻlishni buyur», — dedi.