حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا غُنْدَرٌ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ قَتَادَةَ، قَالَ سَمِعْتُ أَبَا الْعَالِيَةِ، حَدَّثَنَا ابْنُ عَمِّ، نَبِيِّكُمْ ـ يَعْنِي ابْنَ عَبَّاسٍ ـ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " لاَ يَنْبَغِي لِعَبْدٍ أَنْ يَقُولَ أَنَا خَيْرٌ مِنْ يُونُسَ بْنِ مَتَّى ". وَنَسَبَهُ إِلَى أَبِيهِ. وَذَكَرَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم لَيْلَةَ أُسْرِيَ بِهِ فَقَالَ " مُوسَى آدَمُ طُوَالٌ كَأَنَّهُ مِنْ رِجَالِ شَنُوءَةَ ". وَقَالَ " عِيسَى جَعْدٌ مَرْبُوعٌ ". وَذَكَرَ مَالِكًا خَازِنَ النَّارِ، وَذَكَرَ الدَّجَّالَ.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Hech kim: ‹Men — Yunus ibn Mattodan yaxshiroqman›, — demasin», — dedi (Shunday qilib u zot uning otasi Mattoni zikr qildi). Paygʻambar ﷺ oʻzining osmonga koʻtarilgan (Miʼroj) kechasini zikr qilib: «Paygʻambar Muso — bugʻdoyrang, uzun boʻyli, goʻyo Shanua qabilasi kishilaridan biri edi. Iso — jingalak sochli, oʻrtacha boʻyli kishi edi», — dedi. U zot yana doʻzaxning darvozaboni Molikni va Dajjolni (ham) zikr qildi.