وَحَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مُحَمَّدٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، أَخْبَرَنَا مَعْمَرٌ، عَنْ هَمَّامٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " رَأَى عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ رَجُلاً يَسْرِقُ، فَقَالَ لَهُ أَسَرَقْتَ قَالَ كَلاَّ وَاللَّهِ الَّذِي لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ. فَقَالَ عِيسَى آمَنْتُ بِاللَّهِ وَكَذَّبْتُ عَيْنِي ".
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Iso — oʻgʻirlik qilayotgan bir kishini koʻrib, undan: ‹Sen oʻgʻirlik qildingmi?› — deb soʻradi. U: ‹Yoʻq, Undan boshqa ibodatga sazovor zot boʻlmagan Allohga qasam (men oʻgʻirlamadim)›, — dedi. Iso: ‹Men Allohga iymon keltiraman va oʻz koʻzlarimni (xato koʻrgan deb) ayblayman›, — dedi», — dedi.