حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ شُعْبَةَ، حَدَّثَنِي عَبْدُ الْمَلِكِ، عَنْ طَاوُسٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما –
﴿ إِلاَّ الْمَوَدَّةَ فِي الْقُرْبَى ﴾ قَالَ فَقَالَ سَعِيدُ بْنُ جُبَيْرٍ قُرْبَى مُحَمَّدٍ صلى الله عليه وسلم. فَقَالَ إِنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم لَمْ يَكُنْ بَطْنٌ مِنْ قُرَيْشٍ إِلاَّ وَلَهُ فِيهِ قَرَابَةٌ، فَنَزَلَتْ عَلَيْهِ إِلاَّ أَنْ تَصِلُوا قَرَابَةً بَيْنِي وَبَيْنَكُمْ.Tovus (Ibn Abbosdan) rivoyat qiladi: Ibn Abbos: ‹...faqat (mendan) qarindoshligim (sababli) muhabbat (talab qilaman)...› (Shoʻro, 23) degan Qurʼon oyatini oʻqidi. Said ibn Jubayr: «(Oyat) Muhammadning qarindoshligini (anglatadi)», — dedi. Ibn Abbos: «Qurayshda — Paygʻambar ﷺ ga qarindoshligi boʻlmagan hech bir uy (yaʼni urugʻ) yoʻq edi; bas, yuqoridagi oyat shu munosabat bilan nozil boʻldi va uning maʼnosi: ‹Ey Quraysh! Sizlar men (yaʼni Muhammad) bilan oʻzlaringiz oʻrtasida yaxshi munosabatni saqlanglar›, (degani)dir», — dedi.