وَقَالَ لَنَا قَبِيصَةُ أَخْبَرَنَا سُفْيَانُ، عَنْ حَبِيبِ بْنِ أَبِي ثَابِتٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ لَمَّا نَزَلَتْ
﴿ وَأَنْذِرْ عَشِيرَتَكَ الأَقْرَبِينَ ﴾ جَعَلَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم يَدْعُوهُمْ قَبَائِلَ قَبَائِلَ.Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: ‹Va eng yaqin qarindoshlaringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring› (Shuaro, 214) degan oyat nozil boʻlganda, Paygʻambar ﷺ har bir qabilani oʻz nomi bilan chaqira boshladi.