حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ أَنَسٍ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ دَعَا النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم الأَنْصَارَ فَقَالَ " هَلْ فِيكُمْ أَحَدٌ مِنْ غَيْرِكُمْ ". قَالُوا لاَ، إِلاَّ ابْنُ أُخْتٍ لَنَا. فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " ابْنُ أُخْتِ الْقَوْمِ مِنْهُمْ ".
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ ansorlarni chaqirtirdi (va ular kelganda,) u zot: «Sizlarning oralaringizda biror begona (kishi) bormi?» — deb soʻradi. Ular: «Yoʻq — bizning singlimizning oʻgʻlidan boshqa», — dedi. Allohning Rasuli ﷺ: «Bir qavmning singlisining oʻgʻli — oʻshalardandir (yaʼni oʻsha qavmdandir)», — dedi.