حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ وَاقِدٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ حُمَيْدِ بْنِ هِلاَلٍ، عَنْ أَنَسٍ ـ رضى الله عنه أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم نَعَى زَيْدًا وَجَعْفَرًا وَابْنَ رَوَاحَةَ لِلنَّاسِ قَبْلَ أَنْ يَأْتِيَهُمْ خَبَرُهُمْ، فَقَالَ " أَخَذَ الرَّايَةَ زَيْدٌ فَأُصِيبَ، ثُمَّ أَخَذَ جَعْفَرٌ فَأُصِيبَ، ثُمَّ أَخَذَ ابْنُ رَوَاحَةَ فَأُصِيبَ ـ وَعَيْنَاهُ تَذْرِفَانِ ـ حَتَّى أَخَذَ سَيْفٌ مِنْ سُيُوفِ اللَّهِ حَتَّى فَتَحَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ ".
Paygʻambar ﷺ odamlarga Zayd, Jaʼfar va Ibn Ravohaning (shahid boʻlgani haqida) ularning xabari kelmasidan oldin xabar berib: «Bayroqni Zayd oldi, soʻng (shahid) boʻldi; soʻng uni Jaʼfar oldi, soʻng (shahid) boʻldi; soʻng uni Ibn Ravoha oldi, soʻng (shahid) boʻldi — u zotning koʻzlari yosh toʻkardi — to uni Allohning qilichlaridan bir qilich (Xolid ibn Valid) olib, Alloh ularga (gʻalaba) fath qilguncha», dedilar.