وَقَالَ إِسْمَاعِيلُ بْنُ خَلِيلٍ أَخْبَرَنَا عَلِيُّ بْنُ مُسْهِرٍ، عَنْ هِشَامٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ ـ رضى الله عنها ـ قَالَتِ اسْتَأْذَنَتْ هَالَةُ بِنْتُ خُوَيْلِدٍ أُخْتُ خَدِيجَةَ عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم، فَعَرَفَ اسْتِئْذَانَ خَدِيجَةَ فَارْتَاعَ لِذَلِكَ، فَقَالَ " اللَّهُمَّ هَالَةَ ". قَالَتْ فَغِرْتُ فَقُلْتُ مَا تَذْكُرُ مِنْ عَجُوزٍ مِنْ عَجَائِزِ قُرَيْشٍ، حَمْرَاءِ الشِّدْقَيْنِ، هَلَكَتْ فِي الدَّهْرِ، قَدْ، أَبْدَلَكَ اللَّهُ خَيْرًا مِنْهَا
Xadijaning singlisi Hola bint Xuvaylid Rasululloh ﷺning oldilariga (kirishga) izn soʻradi. U zot (uning ovozida) Xadijaning izn soʻrashini tanidilar va bundan hayajonga tushib (taʼsirlanib): «Allohim, (bu) Hola edi(ku)!» dedilar. (Oisha) aytdi: Men rashk qilib: «Qurayshning kampirlaridan biri — ogʻzi (lablari) qizargan, allaqachon vafot etib ketgan bir kampirni nimaga eslaysiz? Holbuki Alloh sizga undan yaxshiroqini berdi-ku», dedim.