وَعَنْ قَيْسٍ، عَنْ جَرِيرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ كَانَ فِي الْجَاهِلِيَّةِ بَيْتٌ يُقَالَ لَهُ ذُو الْخَلَصَةِ، وَكَانَ يُقَالُ لَهُ الْكَعْبَةُ الْيَمَانِيَةُ، أَوِ الْكَعْبَةُ الشَّأْمِيَّةُ، فَقَالَ لِي رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " هَلْ أَنْتَ مُرِيحِي مِنْ ذِي الْخَلَصَةِ ". قَالَ فَنَفَرْتُ إِلَيْهِ فِي خَمْسِينَ وَمِائَةِ فَارِسٍ مِنْ أَحْمَسَ ـ قَالَ ـ فَكَسَرْنَا، وَقَتَلْنَا مَنْ وَجَدْنَا عِنْدَهُ، فَأَتَيْنَاهُ، فَأَخْبَرْنَاهُ، فَدَعَا لَنَا وَلأَحْمَسَ.
Jarir ibn Abdulloh aytdi: Johiliyatda Zul-Xalasa deb ataladigan bir uy (butxona) bor edi, unga Yamaniy Kaʼba yoki Shomiy Kaʼba ham deyilardi. Rasululloh ﷺ menga: «Sen meni Zul-Xalasadan halos qila olasanmi?» dedilar. (Jarir) aytdi: Men Ahmas (qabilasi)dan bir yuz ellik otliq bilan unga (qarshi) otlandim. Biz uni vayron qildik va uning oldida topgan kishilarni oʻldirdik. Soʻng u zotning oldilariga kelib, xabar berdik. U zot biz uchun va Ahmas uchun duo qildilar.