حَدَّثَنَا مُسْلِمٌ، حَدَّثَنَا وُهَيْبٌ، حَدَّثَنَا ابْنُ طَاوُسٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ قَالَ كَانُوا يَرَوْنَ أَنَّ الْعُمْرَةَ فِي أَشْهُرِ الْحَجِّ مِنَ الْفُجُورِ فِي الأَرْضِ، وَكَانُوا يُسَمُّونَ الْمُحَرَّمَ صَفَرًا وَيَقُولُونَ إِذَا بَرَا الدَّبَرْ، وَعَفَا الأَثَرْ، حَلَّتِ الْعُمْرَةُ لِمَنِ اعْتَمَرْ. قَالَ فَقَدِمَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَأَصْحَابُهُ رَابِعَةً مُهِلِّينَ بِالْحَجِّ وَأَمَرَهُمُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم أَنْ يَجْعَلُوهَا عُمْرَةً. قَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ، أَىُّ الْحِلِّ قَالَ " الْحِلُّ كُلُّهُ ".
Ular umrani haj oylarida (qilish)ni yer yuzidagi eng katta fujur (gunoh) deb hisoblar edilar va Muharramni Safar deb atar, hamda: ‹(Tuyaning) yagʻrini tuzalsa, (yoʻlovchilarning) izi koʻmilsa, umra (qilmoqchi boʻlgan) kishi uchun umra halol boʻladi› derdilar. (Rovi) aytdi: Rasululloh ﷺ va sahobalari toʻrtinchi (kuni) hajga niyat qilgan (talbiya aytgan) holda keldilar va Paygʻambar ﷺ ularga uni (niyatni) umraga aylantirishni buyurdilar. Ular: «Ey Allohning Rasuli, qaysi halollik (nimalar halol boʻladi)?» deyishdi. U zot: «Toʻliq halollik (hamma narsa)», dedilar.