حَدَّثَنِي عُبَيْدُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ، عَنْ هِشَامٍ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ تُوُفِّيَتْ خَدِيجَةُ قَبْلَ مَخْرَجِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم إِلَى الْمَدِينَةِ بِثَلاَثِ سِنِينَ، فَلَبِثَ سَنَتَيْنِ أَوْ قَرِيبًا مِنْ ذَلِكَ، وَنَكَحَ عَائِشَةَ وَهْىَ بِنْتُ سِتِّ سِنِينَ، ثُمَّ بَنَى بِهَا وَهْىَ بِنْتُ تِسْعِ سِنِينَ.
Xadija Paygʻambar ﷺning Madinaga chiqishlaridan (hijratlaridan) uch yil oldin vafot etdi. U zot ikki yil yoki shunga yaqin (muddat) turdilar, soʻng Oishaga uylandilar — u olti yoshli qiz edi, soʻng u toʻqqiz yoshli boʻlganda, u bilan (oilaviy hayot) qurdilar.