حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا غُنْدَرٌ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ هِشَامٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، أَنَّ أَبَا بَكْرٍ، دَخَلَ عَلَيْهَا وَالنَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم عِنْدَهَا يَوْمَ فِطْرٍ أَوْ أَضْحًى، وَعِنْدَهَا قَيْنَتَانِ {تُغَنِّيَانِ} بِمَا تَقَاذَفَتِ الأَنْصَارُ يَوْمَ بُعَاثَ. فَقَالَ أَبُو بَكْرٍ مِزْمَارُ الشَّيْطَانِ مَرَّتَيْنِ. فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " دَعْهُمَا يَا أَبَا بَكْرٍ، إِنَّ لِكُلِّ قَوْمٍ عِيدًا، وَإِنَّ عِيدَنَا هَذَا الْيَوْمُ ".
Abu Bakr uning (Oishaning) oldiga kirdi — Paygʻambar ﷺ uning yonlarida edilar, fitr yoki azho (hayit) kuni edi. Uning yonida ikki choʻri (joriya) ansorlarning Buos kuni (bir-biriga) qarata aytgan (jang) (sheʼrlari)ni kuylayotgan edi. Abu Bakr: «Shayton chalgʻisi (mizmori)!» dedi — ikki marta. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Ularni qoʻyib ber, ey Abu Bakr, albatta har bir qavmning bayrami bordir va albatta bizning bayramimiz mana shu kundir», dedilar.