حَدَّثَنَا أَبُو نُعَيْمٍ، حَدَّثَنَا إِسْرَائِيلُ، عَنْ مُخَارِقٍ، عَنْ طَارِقِ بْنِ شِهَابٍ، قَالَ سَمِعْتُ ابْنَ مَسْعُودٍ، يَقُولُ شَهِدْتُ مِنَ الْمِقْدَادِ بْنِ الأَسْوَدِ مَشْهَدًا، لأَنْ أَكُونَ صَاحِبَهُ أَحَبُّ إِلَىَّ مِمَّا عُدِلَ بِهِ، أَتَى النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم وَهْوَ يَدْعُو عَلَى الْمُشْرِكِينَ فَقَالَ لاَ نَقُولُ كَمَا قَالَ قَوْمُ مُوسَى
﴿ اذْهَبْ أَنْتَ وَرَبُّكَ فَقَاتِلاَ ﴾ وَلَكِنَّا نُقَاتِلُ عَنْ يَمِينِكَ وَعَنْ شِمَالِكَ وَبَيْنَ يَدَيْكَ وَخَلْفَكَ. فَرَأَيْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم أَشْرَقَ وَجْهُهُ وَسَرَّهُ. يَعْنِي قَوْلَهُ.Men Miqdod ibn Asvaddan shunday bir holatni (manzarani) koʻrdimki, uning sohibi (egasi) boʻlish men uchun, unga teng qoʻyilgan har qanday narsadan koʻra suyukliroq edi. U Paygʻambar ﷺning oldilariga — u zot mushriklarga (qarshi) duo qilayotganlarida — kelib: «Biz Muso qavmi aytganidek: ‹Sen Robbing bilan borib, ikkovingiz jang qilavering...› (Moida surasi, 24) demaymiz. Balki biz sening oʻngingdan, chapingdan, oldingdan va ortingdan (turib) jang qilamiz», dedi. Men Paygʻambar ﷺning yuzlari yorishib, uning (Miqdodning) soʻzidan xursand boʻlganlarini koʻrdim.