وَعَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ جُبَيْرِ بْنِ مُطْعِمٍ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ فِي أُسَارَى بَدْرٍ " لَوْ كَانَ الْمُطْعِمُ بْنُ عَدِيٍّ حَيًّا ثُمَّ كَلَّمَنِي فِي هَؤُلاَءِ النَّتْنَى لَتَرَكْتُهُمْ لَهُ ". وَقَالَ اللَّيْثُ عَنْ يَحْيَى، عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ، وَقَعَتِ الْفِتْنَةُ الأُولَى ـ يَعْنِي مَقْتَلَ عُثْمَانَ ـ فَلَمْ تُبْقِ مِنْ أَصْحَابِ بَدْرٍ أَحَدًا، ثُمَّ وَقَعَتِ الْفِتْنَةُ الثَّانِيَةُ ـ يَعْنِي الْحَرَّةَ ـ فَلَمْ تُبْقِ مِنْ أَصْحَابِ الْحُدَيْبِيَةِ أَحَدًا ثُمَّ وَقَعَتِ الثَّالِثَةُ فَلَمْ تَرْتَفِعْ وَلِلنَّاسِ طَبَاخٌ.
Zuhriydan, Muhammad ibn Jubayr ibn Mutʼimdan, otasidan (rivoyat qilinadiki): Paygʻambar ﷺ Badr asirlari haqida: «Agar Mutʼim ibn Adiy tirik boʻlib, soʻng mana bu palid (kishi)lar haqida menga gapirganida, men ularni unga (uning hurmati uchun) qoʻyib (kechib) yuborardim», dedilar. Lays Yahyodan, Saʼid ibnul-Musayyabdan (aytdi): Birinchi fitna — yaʼni Usmonning oʻldirilishi — yuz berdi va u Badr ahlidan hech kimni (tirik) qoldirmadi. Soʻng ikkinchi fitna — yaʼni Harra (voqeasi) — yuz berdi va u Hudaybiya ahlidan hech kimni qoldirmadi. Soʻng uchinchisi yuz berdi va u — odamlarda quvvat (toqat) boriligida — koʻtarilmadi (tinmadi).