حَدَّثَنِي عَمْرُو بْنُ خَالِدٍ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ يَزِيدَ بْنِ أَبِي حَبِيبٍ، عَنْ أَبِي الْخَيْرِ، عَنْ عُقْبَةَ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم خَرَجَ يَوْمًا فَصَلَّى عَلَى أَهْلِ أُحُدٍ صَلاَتَهُ عَلَى الْمَيِّتِ، ثُمَّ انْصَرَفَ إِلَى الْمِنْبَرِ فَقَالَ " إِنِّي فَرَطٌ لَكُمْ، وَأَنَا شَهِيدٌ عَلَيْكُمْ، وَإِنِّي لأَنْظُرُ إِلَى حَوْضِي الآنَ، وَإِنِّي أُعْطِيتُ مَفَاتِيحَ خَزَائِنِ الأَرْضِ ـ أَوْ مَفَاتِيحَ الأَرْضِ ـ وَإِنِّي وَاللَّهِ مَا أَخَافُ عَلَيْكُمْ أَنْ تُشْرِكُوا بَعْدِي، وَلَكِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُمْ أَنْ تَنَافَسُوا فِيهَا ".
Paygʻambar ﷺ bir kuni chiqib, Uhud ahli (shahidlari)ga — oʻzlarining marhumga (oʻqiydigan janoza) namozini oʻqidilar, soʻng minbarga qaytib: «Albatta men sizlar uchun (Havzga) borib turuvchiman va men sizlarga guvohman. Albatta men hozir oʻz Havzimni koʻrib turibman. Albatta menga Yer xazinalarining kalitlari — yoki Yerning kalitlari — berildi. Allohga qasamki, men sizlar mendan keyin shirk keltirishingizdan qoʻrqmayman, balki sizlar u (dunyo)da (talashib) raqobat qilishingizdan qoʻrqaman», dedilar.