حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَزِيدَ بْنِ رُومَانَ، عَنْ صَالِحِ بْنِ خَوَّاتٍ، عَمَّنْ شَهِدَ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَوْمَ ذَاتِ الرِّقَاعِ صَلَّى صَلاَةَ الْخَوْفِ أَنَّ طَائِفَةً صَفَّتْ مَعَهُ، وَطَائِفَةٌ وُجَاهَ الْعَدُوِّ، فَصَلَّى بِالَّتِي مَعَهُ رَكْعَةً، ثُمَّ ثَبَتَ قَائِمًا، وَأَتَمُّوا لأَنْفُسِهِمْ ثُمَّ انْصَرَفُوا، فَصَفُّوا وُجَاهَ الْعَدُوِّ، وَجَاءَتِ الطَّائِفَةُ الأُخْرَى فَصَلَّى بِهِمِ الرَّكْعَةَ الَّتِي بَقِيَتْ مِنْ صَلاَتِهِ، ثُمَّ ثَبَتَ جَالِسًا، وَأَتَمُّوا لأَنْفُسِهِمْ، ثُمَّ سَلَّمَ بِهِمْ.
(Solih ibn Xavvot) Zotur-Riqoʼ kuni Rasululloh ﷺ bilan birga boʻlib, xavf namozini oʻqigan birovdan (rivoyat qildi)ki: bir toifa u zot bilan saf tortdi, bir toifa esa dushmanga roʻbaroʻ (turdi). U zot oʻzi bilan boʻlgan(lar) bilan bir rakat oʻqib, soʻng tik (qiyomda) turdilar; ular oʻzlari uchun (qolganini) toʻ ldirdilar, soʻng (saf)dan chiqib, dushmanga roʻbaroʻ saf tortdilar. Boshqa toifa kelib, u zot ular bilan namozdan qolgan (oxirgi) rakatni oʻqidilar, soʻng (tashahhudda) oʻtirib turdilar; ular oʻzlari uchun (qolganini) toʻldirdilar, soʻng u zot ular bilan salom berdilar.