وَقَالَ أَبُو الزُّبَيْرِ عَنْ جَابِرٍ، كُنَّا مَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم بِنَخْلٍ فَصَلَّى الْخَوْفَ. وَقَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ صَلَّيْتُ مَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم غَزْوَةَ نَجْدٍ صَلاَةَ الْخَوْفِ. وَإِنَّمَا جَاءَ أَبُو هُرَيْرَةَ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَيَّامَ خَيْبَرَ.
Abu Zubayr Jobirdan (rivoyat qildi): «Biz Paygʻambar ﷺ bilan Naxlda edik, u zot xavf (namozi)ni oʻqidilar», dedi. Abu Hurayra: «Men Paygʻambar ﷺ bilan Najd gʻazotida xavf namozini oʻqidim», dedi. Abu Hurayra esa Paygʻambar ﷺning oldilariga faqat Xaybar kunlari kelgan edi (bu rivoyatda ixtilof bor).