حَدَّثَنِي بِشْرُ بْنُ خَالِدٍ، أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ، عَنْ شُعْبَةَ، عَنْ سُلَيْمَانَ، عَنْ أَبِي الضُّحَى، عَنْ مَسْرُوقٍ، قَالَ دَخَلْنَا عَلَى عَائِشَةَ ـ رضى الله عنها ـ وَعِنْدَهَا حَسَّانُ بْنُ ثَابِتٍ يُنْشِدُهَا شِعْرًا، يُشَبِّبُ بِأَبْيَاتٍ لَهُ وَقَالَ:
حَصَانٌ رَزَانٌ مَا تُزَنُّ بِرِيبَةٍ وَتُصْبِحُ غَرْثَى مِنْ لُحُومِ الْغَوَافِلِ
فَقَالَتْ لَهُ عَائِشَةُ لَكِنَّكَ لَسْتَ كَذَلِكَ. قَالَ مَسْرُوقٌ فَقُلْتُ لَهَا لِمَ تَأْذَنِينَ لَهُ أَنْ يَدْخُلَ عَلَيْكِ. وَقَدْ قَالَ اللَّهُ تَعَالَى
(Masruq aytdi:) Biz Oishaning oldiga kirdik — uning yonida Hasson ibn Sobit unga sheʼr oʻqir, oʻ zining baʼzi baytlari bilan (uni madh etib) tashbib qilardi. U: «(U) iffatli, vazmin (ayol)ki, hech qanday shubha bilan ayblanmaydi va u gʻofil (begunoh) ayollarning goʻshtini (gʻiybatini) yemay (och) tonglaydi», dedi. Oisha unga: «Lekin sen bunday emassan (oʻzing bu sifatda emassan)», dedi. Masruq aytdi: Men unga (Oishaga): «Nega unga oldingga kirishga izn berasiz, axir Alloh taolo: ‹Ulardan (tuhmat)ning kattasini oʻz zimmasiga olgan kishiga katta azob bordir› (Nur surasi, 11) degan-ku?» dedim. U: «Koʻrlikdan koʻra qattiqroq qanday azob bor?» dedi. Soʻng unga: «Albatta u Rasululloh ﷺ (sharafini) himoya qilar — yoki: yoqlar — edi», dedi.