حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ يُوسُفَ، أَخْبَرَنَا مَالِكٌ، عَنْ حُمَيْدٍ الطَّوِيلِ، عَنْ أَنَسٍ ـ رضى الله عنه أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَتَى خَيْبَرَ لَيْلاً، وَكَانَ إِذَا أَتَى قَوْمًا بِلَيْلٍ لَمْ يُغِرْ بِهِمْ حَتَّى يُصْبِحَ، فَلَمَّا أَصْبَحَ خَرَجَتِ الْيَهُودُ بِمَسَاحِيهِمْ وَمَكَاتِلِهِمْ، فَلَمَّا رَأَوْهُ قَالُوا مُحَمَّدٌ وَاللَّهِ، مُحَمَّدٌ وَالْخَمِيسُ، فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " خَرِبَتْ خَيْبَرُ، إِنَّا إِذَا نَزَلْنَا بِسَاحَةِ قَوْمٍ فَسَاءَ صَبَاحُ الْمُنْذَرِينَ ".
Rasululloh ﷺ Xaybarga kechasi yetib keldilar. U zot bir qavmning oldiga kechasi yetib borsalar, tonggacha ularga hujum qilmas edilar. Tong otganida, yahudiylar belkurak va savatlari bilan (ish uchun) chiqdilar. Ular u zotni koʻrgach: «Muhammad, Allohga qasamki! Muhammad va (uning) xamisi (qoʻshini)!» deyishdi. Paygʻambar ﷺ: «Xaybar vayron boʻ ldi! Albatta biz bir qavmning maydoniga (hovlisiga) tushsak, ogohlantirilganlarning tongi qancha yomon (boʻ ladi)!» dedilar.