حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ سُلَيْمَانَ، حَدَّثَنَا عَبَّادٌ، عَنِ الشَّيْبَانِيِّ، قَالَ سَمِعْتُ ابْنَ أَبِي أَوْفَى ـ رضى الله عنهما ـ أَصَابَتْنَا مَجَاعَةٌ يَوْمَ خَيْبَرَ، فَإِنَّ الْقُدُورَ لَتَغْلِي ـ قَالَ وَبَعْضُهَا نَضِجَتْ ـ فَجَاءَ مُنَادِي النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم لاَ تَأْكُلُوا مِنْ لُحُومِ الْحُمُرِ شَيْئًا وَأَهْرِيقُوهَا. قَالَ ابْنُ أَبِي أَوْفَى فَتَحَدَّثْنَا أَنَّهُ إِنَّمَا نَهَى عَنْهَا لأَنَّهَا لَمْ تُخَمَّسْ. وَقَالَ بَعْضُهُمْ نَهَى عَنْهَا الْبَتَّةَ، لأَنَّهَا كَانَتْ تَأْكُلُ الْعَذِرَةَ.
(Shayboniy aytdi:) Men Ibn Abu Avfo (roziyallohu anhumo)ni eshitdim: «Bizga Xaybar kuni ochlik yetdi — qozonlar qaynab turardi (baʼzilari pishgan edi) — shunda Paygʻambar ﷺning jarchisi: ‹Eshaklar goʻshtidan hech narsa yemanglar va uni toʻkib tashlanglar› (deb nido qildi)», dedi. Ibn Abu Avfo aytdi: Biz: «U zot uni faqat xums qilinmagani (beshga boʻ linmagani) uchun qaytardilar», deb gaplashdik. Baʼzilar esa: «U zot uni butunlay (mutloq) qaytardilar, chunki u (eshaklar) najosat yerdi», deyishdi.