حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ يُونُسَ، حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ ـ هُوَ ابْنُ سَعْدٍ ـ حَدَّثَنَا ابْنُ شِهَابٍ، عَنْ عَامِرِ بْنِ سَعْدٍ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ عَادَنِي النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فِي حَجَّةِ الْوَدَاعِ مِنْ وَجَعٍ، أَشْفَيْتُ مِنْهُ عَلَى الْمَوْتِ، فَقُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ بَلَغَ بِي مِنَ الْوَجَعِ مَا تَرَى، وَأَنَا ذُو مَالٍ وَلاَ يَرِثُنِي إِلاَّ ابْنَةٌ لِي وَاحِدَةٌ أَفَأَتَصَدَّقُ بِثُلُثَىْ مَالِي قَالَ " لاَ ". قُلْتُ أَفَأَتَصَدَّقُ بِشَطْرِهِ قَالَ " لاَ ". قُلْتُ فَالثُّلُثِ قَالَ " وَالثُّلُثُ كَثِيرٌ، إِنَّكَ أَنْ تَذَرَ وَرَثَتَكَ أَغْنِيَاءَ خَيْرٌ مِنْ أَنْ تَذَرَهُمْ عَالَةً يَتَكَفَّفُونَ النَّاسَ، وَلَسْتَ تُنْفِقُ نَفَقَةً تَبْتَغِي بِهَا وَجْهَ اللَّهِ إِلاَّ أُجِرْتَ بِهَا، حَتَّى اللُّقْمَةَ تَجْعَلُهَا فِي فِي امْرَأَتِكَ ". قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ آأُخَلَّفُ بَعْدَ أَصْحَابِي قَالَ " إِنَّكَ لَنْ تُخَلَّفَ فَتَعْمَلَ عَمَلاً تَبْتَغِي بِهِ وَجْهَ اللَّهِ إِلاَّ ازْدَدْتَ بِهِ دَرَجَةً وَرِفْعَةً، وَلَعَلَّكَ تُخَلَّفُ حَتَّى يَنْتَفِعَ بِكَ أَقْوَامٌ وَيُضَرَّ بِكَ آخَرُونَ، اللَّهُمَّ أَمْضِ لأَصْحَابِي هِجْرَتَهُمْ، وَلاَ تَرُدَّهُمْ عَلَى أَعْقَابِهِمْ. لَكِنِ الْبَائِسُ سَعْدُ ابْنُ خَوْلَةَ رَثَى لَهُ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَنْ تُوُفِّيَ بِمَكَّةَ ".
(Saʼd (ibn Abu Vaqqos) (roziyallohu anhu) aytdi:) Paygʻambar ﷺ Vidoʼ hajida meni — oʻ limga yaqinlashtirgan bir kasallikdan — yoʻqlab keldilar. Men: «Ey Allohning Rasuli, kasallik meni koʻrayotganingizdek (holga) yetkazdi; menda mol bor, menga faqat bitta qizimdan boshqa merosxoʻr yoʻq. Molimning uchdan ikkisini sadaqa qilaymi?» dedim. U zot: «Yoʻq», dedilar. Men: «Yarmini-chi?» dedim. U zot: «Yoʻq», dedilar. Men: «Uchdan birini-chi?» dedim. U zot: «Uchdan biri (ham) koʻp. Albatta sen merosxoʻrlaringni boy (qoldirishing) — ularni odamlarga qoʻ l choʻzib (tilanib yuradigan) faqir qoldirishingdan koʻ ra yaxshiroqdir. Sen Allohning yuzini (rizosini) istab biror nafaqa qilmassanki, illo unga savob berilasan — hatto xotiningning ogʻziga solgan loqmangga ham», dedilar. Men: «Ey Allohning Rasuli, men sheriklarimdan (ortda Makkada) qoldirilamanmi?» dedim. U zot: «Sen aslo qoldirilmayssanki, soʻng Allohning yuzini istab biror amal qilsang, illo u bilan daraja va martabang ortadi. Balki sen (uzoq) qoldirilarsan, to sen bilan baʼzi qavmlar manfaat topadi, baʼzilar esa sendan zarar koʻradi. Allohim, ashobimning hijratini davom ettir (toʻ liq qil), ularni ortlariga (orqaga) qaytarma. Lekin baxtsiz — Saʼd ibn Xavla», dedilar — Rasululloh ﷺ unga, Makkada vafot etgani (Makkada oʻ lgani) uchun, achindilar.