حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، حَدَّثَنَا مَالِكٌ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ دِينَارٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بَعَثَ بَعْثًا وَأَمَّرَ عَلَيْهِمْ أُسَامَةَ بْنَ زَيْدٍ، فَطَعَنَ النَّاسُ فِي إِمَارَتِهِ، فَقَامَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " إِنْ تَطْعُنُوا فِي إِمَارَتِهِ فَقَدْ كُنْتُمْ تَطْعُنُونَ فِي إِمَارَةِ أَبِيهِ مِنْ قَبْلُ، وَايْمُ اللَّهِ إِنْ كَانَ لَخَلِيقًا لِلإِمَارَةِ، وَإِنْ كَانَ لَمِنْ أَحَبِّ النَّاسِ إِلَىَّ، وَإِنَّ هَذَا لَمِنْ أَحَبِّ النَّاسِ إِلَىَّ بَعْدَهُ ".
(Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) rivoyat qildi)ki, Rasululloh ﷺ bir qoʻshin yuborib, ularga Usama ibn Zaydni amir qildilar. Odamlar uning amirligi (sarkardaligi)ni (tanqid bilan) qoraladi. Shunda Rasululloh ﷺ (oʻrnidan) turib: «Agar sizlar uning amirligini qoralasangiz, (bilingki) bundan oldin uning otasining amirligini ham qoralar edingiz. Allohga qasamki, u (otasi) amirlikka loyiq edi va u menga odamlarning eng suyuklisidan edi; mana bu (Usama) ham undan keyin menga odamlarning eng suyuklisidandir», dedilar.