حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ مُوسَى، أَخْبَرَنَا هِشَامٌ، عَنِ ابْنِ جُرَيْجٍ، قَالَ سَمِعْتُ ابْنَ أَبِي مُلَيْكَةَ، يَقُولُ قَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ
﴿ حَتَّى إِذَا اسْتَيْأَسَ الرُّسُلُ وَظَنُّوا أَنَّهُمْ قَدْ كُذِبُوا ﴾ خَفِيفَةً، ذَهَبَ بِهَا هُنَاكَ، وَتَلاَ ﴿ حَتَّى يَقُولَ الرَّسُولُ وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ مَتَى نَصْرُ اللَّهِ أَلاَ إِنَّ نَصْرَ اللَّهِ قَرِيبٌ ﴾ فَلَقِيتُ عُرْوَةَ بْنَ الزُّبَيْرِ فَذَكَرْتُ لَهُ ذَلِكَ فَقَالَ قَالَتْ عَائِشَةُ مَعَاذَ اللَّهِ، وَاللَّهِ مَا وَعَدَ اللَّهُ رَسُولَهُ مِنْ شَىْءٍ قَطُّ إِلاَّ عَلِمَ أَنَّهُ كَائِنٌ قَبْلَ أَنْ يَمُوتَ، وَلَكِنْ لَمْ يَزَلِ الْبَلاَءُ بِالرُّسُلِ حَتَّى خَافُوا أَنْ يَكُونَ مَنْ مَعَهُمْ يُكَذِّبُونَهُمْ، فَكَانَتْ تَقْرَؤُهَا ﴿ وَظَنُّوا أَنَّهُمْ قَدْ كُذِّبُوا ﴾ مُثَقَّلَةً.(Ibn Abu Mulayka aytdi:) Ibn Abbos (roziyallohu anhumo): ‹...to rasullar (najotdan) noumid boʻ lib, oʻzlari yolgʻonga chiqarildik deb oʻylaganlarida (kuzibu — yengil)› (Yusuf surasi, 110) (deb yengil oʻqidi) va: «U (umidsizlik) — oʻsha tomonga (kufrga) ketdi», dedi va: ‹...to rasul va u bilan iymon keltirganlar: ‹Allohning nusrati qachon?› deganlarida (keldi); ogoh boʻ linglar, albatta Allohning nusrati yaqindir› (Baqara surasi, 214) (oyatini) tilovat qildi. Men Urva ibn Zubayrni uchratib, unga buni zikr qildim. U: «Oisha: ‹Allohga panoh! Allohga qasamki, Alloh oʻz Rasuliga biror narsani vaʼda qilgan boʻ lsa, u zot — vafot etishidan oldin — uning roʻy berishini albatta bilgan edilar; lekin rasullarga — oʻ zlari bilan boʻ lganlar (ergashganlar) ularni yolgʻonga chiqaradigan boʻ lishidan qoʻrqquncha — balo (sinov) davom etaverdi› dedi va u (Oisha) buni ‹...va (ummatlari ularni) yolgʻonga chiqardi deb (rasullar) aniq bilganlarida (kuzzibu — ogʻir)› (Yusuf surasi, 110) deb ogʻir (shaddali) oʻqirdi», dedi.