حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا غُنْدَرٌ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ خُبَيْبِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، عَنْ حَفْصِ بْنِ عَاصِمٍ، عَنْ أَبِي سَعِيدِ بْنِ الْمُعَلَّى، قَالَ مَرَّ بِيَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم وَأَنَا أُصَلِّي فَدَعَانِي فَلَمْ آتِهِ حَتَّى صَلَّيْتُ ثُمَّ أَتَيْتُ فَقَالَ " مَا مَنَعَكَ أَنْ تَأْتِيَ ". فَقُلْتُ كُنْتُ أُصَلِّي. فَقَالَ " أَلَمْ يَقُلِ اللَّهُ
﴿ يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ ﴾ ثُمَّ قَالَ أَلاَ أُعَلِّمُكَ أَعْظَمَ سُورَةٍ فِي الْقُرْآنِ قَبْلَ أَنْ أَخْرُجَ مِنَ الْمَسْجِدِ " فَذَهَبَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم لِيَخْرُجَ مِنَ الْمَسْجِدِ فَذَكَّرْتُهُ فَقَالَ "﴿ الْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ ﴾ هِيَ السَّبْعُ الْمَثَانِي وَالْقُرْآنُ الْعَظِيمُ الَّذِي أُوتِيتُهُ ".(Abu Saʼid ibnul-Muʼalla (roziyallohu anhu) aytdi:) Paygʻambar ﷺ yonimdan oʻ tdilar — men namoz oʻqiyotgan edim — va meni chaqirdilar; men — namozni tugatgunimga qadar — u zotning oldiga bormadim, soʻng (namozni oʻqib) keldim. U zot: «Seni (oldimga) kelishdan nima toʻ sdi?» dedilar. Men: «Namoz oʻqiyotgan edim», dedim. U zot: «Alloh: ‹Ey iymon keltirganlar! Allohga va Rasulga javob beringlar (chaqirsa, kelinglar)› (Anfol surasi, 24) demaganmi?» dedilar, soʻng: «Men masjiddan chiqishimdan oldin, senga Qurʼondagi eng ulugʻ surani oʻ rgatmaymi?» dedilar. Paygʻambar ﷺ masjiddan chiqmoqchi boʻ ldilar; men buni u zotga eslatdim. U zot: «‹Alhamdu lillahi Robbil-aalamin (Hamd butun olamlar Robbi Allohga xosdir)› (Fotiha surasi, 2) — u, menga berilgan sabʼul-masoniy (qayta-qayta oʻqiladigan yetti oyat) va ulugʻ Qurʼondir», dedilar.