حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، حَدَّثَنَا يَعْقُوبُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ بْنِ سَعْدٍ، حَدَّثَنَا أَبِي، عَنْ صَالِحٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، قَالَ أَخْبَرَنِي عَلِيُّ بْنُ حُسَيْنٍ، أَنَّ حُسَيْنَ بْنَ عَلِيٍّ، أَخْبَرَهُ عَنْ عَلِيٍّ ـ رضى الله عنه ـ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم طَرَقَهُ وَفَاطِمَةَ قَالَ " أَلاَ تُصَلِّيَانِ ".
﴿ رَجْمًا بِالْغَيْبِ ﴾ لَمْ يَسْتَبِنْ. {فُرُطًا} نَدَمًا {سُرَادِقُهَا} مِثْلُ السُّرَادِقِ، وَالْحُجْرَةِ الَّتِي تُطِيفُ بِالْفَسَاطِيطِ، {يُحَاوِرُهُ} مِنَ الْمُحَاوَرَةِ ﴿ لَكِنَّا هُوَ اللَّهُ رَبِّي ﴾ أَىْ لَكِنْ أَنَا هُوَ اللَّهُ رَبِّي ثُمَّ حَذَفَ الأَلِفَ وَأَدْغَمَ إِحْدَى النُّونَيْنِ فِي الأُخْرَى. {زَلَقًا} لاَ يَثْبُتُ فِيهِ قَدَمٌ. ﴿ هُنَالِكَ الْوَلاَيَةُ ﴾ مَصْدَرُ الْوَلِيِّ. {عُقُبًا} عَاقِبَةٌ وَعُقْبَى وَعُقْبَةٌ وَاحِدٌ وَهْىَ الآخِرَةُ قِبَلاً وَقُبُلاً وَقَبَلاً اسْتِئْنَافًا {لِيُدْحِضُوا} لِيُزِيلُوا، الدَّحْضُ الزَّلَقُ.(Ali (roziyallohu anhu) rivoyat qildi)ki, Rasululloh ﷺ unga va Fotimaga kechasi (eshikni) taqillatib keldilar va: «(Tunda) namoz oʻqimaysizlarmi?» dedilar. (Lugʻ atlar:) ‹Rajman bil-gʻayb› (Kahf surasi, 22) — (haqiqat) ayon boʻ lmagan (holda taxminan) gʻ aybga (tosh) otishdir. ‹Furutan› — nadomat (pushaymonlik). ‹Suradiquha› — sarodiq (chodir parda) kabi — chodirlarni oʻ rab turadigan hujra (devor). ‹Yuhoviruhu› — muhovaradan (suhbat-bahsdan). ‹Lakinna huvallohu Robbi› (Kahf surasi, 38) — yaʼni ‹lakin ana huvallohu Robbi (lekin men — U Alloh mening Robbim, deb aytaman)›; soʻng alif tushirilib, ikki nundan biri ikkinchisiga idgʻom qilingan. ‹Zalaqan› — unda oyoq sobit turmaydigan (silliq joy). ‹Hunolikal-valaya› (Kahf surasi, 44) — ‹valiy›ning masdari. ‹Uquban› — oqibat; ‹uqbo›, ‹uqba› bir (maʼnoda) — u oxirat(dir). ‹Qibalan›, ‹qubulan›, ‹qabalan› — (yangidan) boshlash (maʼnosida). ‹Li-yudhizu› — yoʻq qilishlari (uchun); ‹dahz› — silliqlik (siljish).