حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عُبَيْدٍ الطَّنَافِسِيُّ، عَنِ الْعَوَّامِ، قَالَ سَأَلْتُ مُجَاهِدًا عَنْ سَجْدَةِ، ص فَقَالَ سَأَلْتُ ابْنَ عَبَّاسٍ مِنْ أَيْنَ سَجَدْتَ فَقَالَ أَوَمَا تَقْرَأُ
﴿ وَمِنْ ذُرِّيَّتِهِ دَاوُدَ وَسُلَيْمَانَ ﴾ ﴿ أُولَئِكَ الَّذِينَ هَدَى اللَّهُ فَبِهُدَاهُمُ اقْتَدِهْ ﴾ فَكَانَ دَاوُدُ مِمَّنْ أُمِرَ نَبِيُّكُمْ صلى الله عليه وسلم أَنْ يَقْتَدِيَ بِهِ، فَسَجَدَهَا دَاوُدُ فَسَجَدَهَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم. {عُجَابٌ} عَجِيبٌ. الْقِطُّ الصَّحِيفَةُ هُوَ هَا هُنَا صَحِيفَةُ الْحَسَنَاتِ. وَقَالَ مُجَاهِدٌ ﴿ فِي عِزَّةٍ ﴾ مُعَازِّينَ. ﴿ الْمِلَّةِ الآخِرَةِ ﴾ مِلَّةُ قُرَيْشٍ. الاِخْتِلاَقُ الْكَذِبُ. الأَسْبَابُ طُرُقُ السَّمَاءِ فِي أَبْوَابِهَا ﴿ جُنْدٌ مَا هُنَالِكَ مَهْزُومٌ ﴾ يَعْنِي قُرَيْشًا ﴿ أُولَئِكَ الأَحْزَابُ ﴾ الْقُرُونُ الْمَاضِيَةُ. {فَوَاقٍ} رُجُوعٍ. {قِطَّنَا} عَذَابَنَا ﴿ اتَّخَذْنَاهُمْ سُخْرِيًّا ﴾ أَحَطْنَا بِهِمْ أَتْرَابٌ أَمْثَالٌ. وَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ الأَيْدُ الْقُوَّةُ فِي الْعِبَادَةِ الأَبْصَارُ الْبَصَرُ فِي أَمْرِ اللَّهِ، ﴿ حُبَّ الْخَيْرِ عَنْ ذِكْرِ رَبِّي ﴾ مِنْ ذِكْرٍ. ﴿ طَفِقَ مَسْحًا ﴾ يَمْسَحُ أَعْرَافَ الْخَيْلِ وَعَرَاقِيبَهَا. {الأَصْفَادِ} الْوَثَاقِ.(Avvom aytdi:) Men Mujohiddan Soddagi sajda haqida soʻradim. U: «Men Ibn Abbosdan: ‹Sen qaerdan (qaysi dalil bilan) sajda qilding?› deb soʻradim. U: ‹Sen ‹...va uning zurriyotidan Dovud va Sulaymonni (hidoyat qildik)...› (Anʼom surasi, 84), ‹Ana oʻ shalar — Alloh hidoyat qilgan (zotlar)dir; bas, ularning hidoyatiga ergash› (Anʼom surasi, 90) (oyatlarini) oʻqimaysanmi? Dovud — Paygʻambaringiz ﷺ unga ergashishga buyurilgan (zotlar)dandir; Dovud unda (Sodda) sajda qildi, Rasululloh ﷺ ham unda sajda qildilar› dedi», dedi. (Lugʻ atlar:) ‹Ujob› (Sod surasi, 5) — ajoyib (gʻ alati); ‹al-qitt› — sahifa, bu yerda — yaxshilik (savob) sahifasi. Mujohid: ‹fi izza› (Sod surasi, 2) — izzat-talashib (kibrlangan holda); ‹al-millatil-oxira› (Sod surasi, 7) — Qurayshning millati; ‹al-ixtiloq› — yolgʻon; ‹al-asbob› — osmonning yoʻ llari, uning eshiklarida; ‹jundun ma hunolika mahzum› (Sod surasi, 11) — yaʼni Quraysh; ‹ulaikal-ahzob› (Sod surasi, 13) — oʻ tgan asrlar (qavmlar); ‹favoq› (Sod surasi, 15) — qaytish; ‹qittona› — azobimiz; ‹ittaxaznahum suxriyyan› (Sod surasi, 63) — ularni qamrab oldik; ‹atrob› — tengdoshlar (degani), dedi. Ibn Abbos: ‹al-ayd› (Sod surasi, 17) — ibodatda(gi) quvvat; ‹al-absor› — Alloh ishida (toʻ gʻ ri) koʻ rish (basirat); ‹hubbal-xayri an zikri Robbi› (Sod surasi, 32) — ‹an zikrin› (eslashdan) (maʼnosida); ‹tafiqa mashan› (Sod surasi, 33) — otlarning yollari va boldirlarini silab (turdi); ‹al-asfod› (Sod surasi, 38) — kishanlar (boglar), dedi.